2016 yilning 11 fevral kuni Nyu-Yorkda modalar haftaligi ochiladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.
Nyu-Yorkdagi tadbirga taxminan 230 ming odam tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, aynan mazkur modalar haftaligi shaharning byudjyetiga yiliga 887 mln dollar miqdorida foyda keltiradi.
Mazkur tadbirda modalar namoyishidan tashqari reper Kane Uest o‘zining yangi albomini modalar lineykasida taqdim etmoqchi. Shuningdek, Rianna o‘zining Puma uchun qayta ishlanmalari bilan ham chiqish qiladi.