60 nafardan ortiq kishi Nigeriya shimolidagi davomli teraktlar qurboniga aylandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, portlashlar Borno shtati markazi Mayduguridan 85 km masofadagi qochoqlar lagerida yuz bergan. Hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra bu hududga 9 fevral kuni jangarilar hujum boshlagandi.
Aniqlik kiritilishicha, bu terakt uchun javobgarlikni "Boko Haram" o‘z zimmasiga olgan.
Hodisaning boshqa tafsilotlari o‘rganilishi davom etmoqda.