Niderlandiya hukumati mamlakat chegaralarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida maxsus tezkor otryadlarni tashkil etishadi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu loyihani "imkon qadar tezroq amalga oshirish" ko‘rsatmasi berilgan. Undan asosiy maqsad migratsion inqiroz bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan muammoalarni hal qilish hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Niderlandiya hukumati avtoyo‘llarning chegara qismida nazoratni kuchaytirishi to‘g‘risida xabar qilingandi.