NATO Turkiyaning Suriya bilan chegarasida razvedka ishlarini kuchaytiradi

Jahon 18:51 / 11.02.2016 2810

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenbergning ma'lum qilishicha, alyans tarkibidagi davlatlarning mudofaa vazirlari Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi razvedka ishlarini kuchaytiradi. Bu haqda Bryusselda o‘tkazilayotgan majlisning ikkinchi kunidagi matbuot anjumani vaqtida aytilgan.

"Biz Turkiya va Suriya chegarasida razvedka ishlarini kuchaytiramiz", deya ma'lum qilgan Stoltenberg.

Bundan oldinroq, NATO mudofaa vazirlari O‘rta Yer dengizi sharqida va Qora dengiz hududida alyans ta'sirini kuchaytirish bo‘yicha rejani ma'qullashgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: