Nindzya laqabli chanada uchishni yaxshi ko‘ruvchi mushuk internet tarmoqlarining yulduziga aylandi. The Telegraph nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, yangi qahramon Amerikaning Virjiniya shtatida yashaydi. U qorni yaxshi ko‘radi va o‘zi mustaqil holda chana orqali uchishni biladi.
Ikki yoshli Nindzya uyidan uzoqda bo‘lmagan muzlikda chana uchgan. Uning xo‘jayinlari aytishicha, mushuk egalarining muz ustida uchib yurishganini ko‘rgan va o‘zi ham bu ishni amalga oshirishga qaror qilgan.
Mushuk egalarining ta'kidlashicha, internetda tarqalgan videotasvirlar Nindzyaning birinchi marta chana uchishi bo‘lgan.