Mudofaa vazirligi Halabdagi vayronagarchilikni Rossiya amalga oshirmaganini aytmoqda

Jahon 14:45 / 11.02.2016 4457

Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga qaraganda, G‘arb telekanallari va matbuoti Suriyadagi Halab shahrining vayron qilinishi bilan bog‘liq eski kadrlarni namoyish qilib, bu ishlarni hozir Rossiya amalga oshirayotganini isbotlashga urinmoqda.

“Ish shunga borib yetdiki, Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi boshlanishidan ancha oldin vayron qilingan Halab shahri sahnalari yetakchi AQSh va Yevropa kanallari tomonidan Rossiya bombardimoni oqibati sifatida ko‘rsatilmoqda. Tajribali dirijyor qo‘lini sezish mumkin bunda”, - dedi u.

Konashenkovning fikricha, “Rossiyani barcha gunohlarda ayblash” va o‘z soliq to‘lovchilaridan Suriyadagi operatsiyaning real samaradorlik darajasini berkitish “qonuniyat” bo‘lib qolganini ta'kidladi.

Bundan tashqari, u AQSh Halabga hujum uyushtirib, so‘ng bunda Rossiyani ayblaginini iddao qildi.

Ko‘proq yangiliklar: