Misrda temir yo‘lda yuz bergan falokat oqibatida 150 ga yaqin kishi jabrlandi. Bu haqda Misr tibbiyot mussasalalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda "Al-Balyod" nashri ma'lum qildi. Ayni vaqtda qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.
Asaundan Qohiraga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi 10 fevral tungi payt izlardan chiqib ketgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Beni-Suayf temir yo‘l pereyezdida aniqlanmagan sabablarga ko‘ra poyezdning birinchi ikki vagoni falokatga uchragan.
Qutqaruvchilar shikastlangan vagonlardan jarohatlanganlarni chiqarib, ularni shifokorlar qo‘llariga topshirmoqdalar. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar asosan katta bo‘lmagan jarohatlar olganlar.