Messi operatsiya qilinganidan 2 kun o‘tib, mashg‘ulotlarga qaytdi

Sport 22:15 / 11.02.2016 3070

Bugun, 11 fevral kuni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi buyragidagi toshni oldirib tashlash uchun jarrohlik amaliyotidan chiqqanidan 2 kun o‘tib, jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok eta boshladi.

Shifokorlar futbolchi to‘la sog‘ayib ketishi uchun 14 fevral kuni Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Selta"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligini tavsiya qilishgan.

Messi sog‘lig‘idagi muammo tufayli Ispaniya kubogi doirasida 10 fevral kuni "Valensiya"ga qarshi kechgan uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

Joriy mavsumda Messi Ispaniya Primerasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Messining buyragidagi toshni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

Messi buyragidagi tosh olingandan keyin shifoxonani tark etdi

Ko‘proq yangiliklar: