«Liverpul» xo‘jayini Jon Xenri, jamoa vakili Tom Verner va klub prezidenti Mayk Gordon klub rasmiy sayti orqali chipta narxining oshirilishi yuzasidan muxlislarga murojaat qilishdi.
«Hurmatli muxlislar. Ushbu hafta juda sershovqin o‘tdi. "Fenway Sports Group" va «Liverpul» futbol klubi nomidan jamoaning 2016/17 yilgi mavsum uchun yangi chipta narxi siyosati bo‘yicha yetkazilgan noqulaylik uchun uzr so‘ramoqchimiz.
Biz go‘yoki muxlislar haqida qayg‘urmayotganimiz, faqat o‘z manfaatimizni ustun qo‘yayotganimiz haqidagi gap-so‘zlardan xavotirdamiz. Aslida bunday emas.
Aksariyat muxlislar chiptalar narxining oshirilishiga qarshi chiqqanidan ko‘rinib turibdiki, biz xatoga yo‘l qo‘yibmiz.
Eng qimmat chiptaning narxi 77 funt qilib belgilanganida ko‘pchiligingiz salbiy munosabatda bo‘ldingiz va klub chiptalar narxini oshrishi niyatidan qaytishiga umid bildirdingiz. Sizning murojaatingiz inobatga olindi», – deyiladi bayonotda.
Shu tariqa, klub yangi mavsum uchun eng qimmat chiptalar narxini 59 funt qiymatida saqlab qoldi. Shuningdek, eng qimmat yillik abonement 869 funt narxida qoladi. Eng arzon abonement narxi esa 25 funtga arzonlashtirilib, 685 funt miqdorida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni APLning 25 turi doirasida «Liverpul» muxlislari «Sanderlend»ga qarshi kechayotgan o‘yinning 77 daqiqasida jamoa rahbariyatiga norozilik petitsiyasi sifatida stadiondan chiqib keta boshlashdi. Bunga o‘yinlar uchun eng arzon chiptalar narxi 59 funt sterlingdan 77 funt sterlinggacha ko‘tarilgani sabab bo‘ldi. Natijada, o‘yinning qolgan qismida mersisaydliklar 2ta gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabani qo‘ldan boy berishdi.
APLning yetakchi jamoalari chiptalar uchun narxlarni arzonlashtirish taklifiga qarshi chiqmoqda
«Borussiya D» muxlislari chiptalarning yuqori narxlariga qarshi antiqa aksiya o‘tkazishdi