Arrow kompaniyasi qog‘ozli samolyot ishlab chiqaruvchi LEGO konstruktoridan yasalgan mexanizm haqida reklama roligi suratga oldi.
Ushbu mexanizmni Artur Sachek yasagan. LEGO-robot jarayonni to‘liq – qog‘ozni qabul qilib olishdan to uni samolyot holiga keltirishgacha o‘zi amalga oshiradi.
Ma'lumot uchun, Artur Sachek bundan avval ham LEGO’dan turli mexanizmlar yasagan. Ular orasida raqsga tushadigan robot ham bor.