Kanadalik daraxt yog‘ochidan yasalgan avtomobilida soatiga 76,6 km tezlikda harakatlanib rekord o‘rnatdi

Fan-texnika 16:47 / 11.02.2016 3311

Kanadalik Brayan Rid ignabargli ninabargli daraxt yog‘ochidan (Thuja plicata) yasalgan avtomobilni soatiga 76,625 km tezlikka chiqarib rekord o‘rnatdi. 240 yoshli daraxtdan ishlangan mashina bilan o‘rnatilgan mazkur natija Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi.

Rekord AQShning poygaga mo‘ljallangan trassalaridan birida o‘rnatilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu natijani oldin hech kim qayd etmagan va Ridga Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari mazkur avtomobilni shartli ravishda kamida 50 kilometr/soat tezlikka olib chiqishni vazifa qilib qo‘yishgandi.

Cedar Rocket nomini olgan avtomobil Mazda RX-7 platformasi asosida tayyorlangan. Ishlab chiqaruvchilar uning diskli tormoz tizimiga ega bo‘lishini istashgan. Natijada mashina elektr energiyasi yordamida harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Texnikaning agregati 35 ot kuchini tashkil qiladi. Unga o‘rnatilgan elektrodvigatel va 8lik litiy-ion batareykasi avtomobilning old qismida joylashtirilgan. Uning umumiy og‘irligi 250 kilogrammni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: