Jonni Depp komedik filmda Trampning yoshligini o‘ynadi

Jamiyat 15:02 / 11.02.2016 3361

Hollivud aktyori Jonni Depp AQSh prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Donald Tramp obrazini yaratdi. New York Times nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, film «Savdolashish san'ati» deb nomlangan bo‘lib qisqa metrajli ko‘rinishda suratga olingan.

Mazkur kartinani Funny or die yumoristik saytida tomosha qilishingiz mumkin. Film 50 daqiqa davom etib, unda Trampning yoshligi haqida hikoya qilinadi.

Syujyetga ko‘ra, Tramp 1980 yillarda o‘zi ssenariy yozib, o‘zi rejissyorlik, prodyuserlik va bosh rolni ijro etgan film suratga oladi. Biroq film tayyor bo‘lganida, Tramp uni tokchaga qo‘yib qo‘yishni buyuradi. Lentani Ron Xovard (filmning haqiqiy rejissyori) topib olmaguniga qadar u chang bosib yotadi. Shundan keyin Xovard uni tomoshabinlar e'tiboriga taqdim qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: