Iroq hukumati rahbari Haydar al-Obodiy seshanba kungi chiqishida Suriya hududiga chet davlatlarning qo‘shinlari quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlash uchun kirishi rejasiga qarshiligini bildirdi. U Saudiya Arabistoni boshliq arab koalitsiyasining bu rejasi mintaqadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirishidan xavotirda ekani aytilgan.
"Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan va quruqlikdagi xorij qo‘shinlari kirishi bu mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirishidan tashvishdaligini bildirgan", deyiladi Iroq hukumati rasmiy saytida. Qayd etilishicha, al-Obodiy o‘z fikrlarini Italiya poytaxti Rimga tashrifi vaqtida italiyaliklar hukumati bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisi Ahmad Asiri qirollikning Suriyaga o‘z qo‘shinini yuborishga tayyorligi haqida ma'lum qilgan edi. U bu qaror amalga oshishi uchun avvaliga AQSh boshchiligidagi koalitsiya tasdig‘idan o‘tishi lozimligini ta'kidlagandi.
Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriyada hukmronlik qilayotgan alaviy Asad oilasining ag‘darilishi tarafdori hisoblanadi. Iroqning ham aksar aholisi shialardir.
Saudiya Arabistoni Suriyaga IShIDga qarshi kurashish uchun maxsus qo‘shinlarni yuborishga tayyor
OAV: Saudiya Arabistoni Suriyada IShIDga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshlashga tayyor
BAA Suriyaga IShIDga qarshi quruqlikdagi janglar uchun qo‘shin kiritishga tayyor
Bahrayn Suriyada IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiyaga tayyorligini bildirdi