Intel kompaniyasi yildan yilga kamroq energiya sarflaydigan chiplar ustidagi ishlanmalarni rivojlantirib borish niyatida, buning uchun ayrim ko‘rsatkichlardan voz kechishga ham tayyor. Bu haqda kompaniyaning texnologiyalar va ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Uilyam Xolt International Solid-State Circuits Conference tadbiri chog‘ida aytib o‘tdi.
Kompaniya energiya tejamkorligi masalasiga alohida ahamiyat qaratishi sohadagi umumiy tendensiyalarni aks ettiradi, deb hisoblaydi mutaxassislar. Ilgari kichik hajmli chiplarga kuchliroq samaradorlik bag‘ishlash urf bo‘lgan edi, hozir esa smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va boshqa gadjyetlarning mustaqil ishlashi uchun energiya tejamkorligini ta'minlash birinchi o‘ringa chiqmoqda.