Hindistonda yovvoyi fil g‘azabga kelib, shahar ichida to‘s-to‘polon uyushtirdi

Jamiyat 19:40 / 11.02.2016 5846

Hindiston sharqidagi shaharlardan birida qo‘lga o‘rgatilmagan fil nazorat ostidan chiqib ketib, 100ga yaqin uylar va do‘konlarga zarar yetkazdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.

G‘arbiy Bangoliyadagi Siliguri shahrida sodir bo‘lgan voqealar aks etgan fotosuratlar internetda keng tarqalib ketdi.

G‘arbiy Bangoliya shtati o‘rmonchilik vaziri Binay Krishnaning AFP muxbiri bilan telefon suhbatida ma'lum qilishicha, fil podadan ayrilib, adashib qolgan, va o‘rmondan chiqib, shaharga kirib kelgan.

Uylardan tashqari, ko‘plab transport vositalariga ham zarar yetkazilgan.

Odamlar unga tosh otib, qochirishga uringan, bir muddat so‘ng o‘rmon xo‘jaligi xizmatchilari yetib kelib, jonivorni uxlatib qo‘yishgan.

Krishnaning so‘zlariga qaraganda, fil Siliguri chetidagi Suxna o‘rmoniga olib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: