Hill: AQSh razvedkasi Shimoliy Koreyada plutoniy reaktori o‘z ishini yana boshlaganini ma'lum qildi

Jahon 00:47 / 11.02.2016 4275

AQSh razvedka xizmatlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Yonbendagi plutoniy reaktorini qayta ishga tushirdi va yaqin orada plutoniy zaxiralarini yaratishi mumkin, deb yozmoqda The Hill nashri.

"Bizningcha, Shimoliy Koreya bir necha hafta yoki oylar davomida plutoniy olishni boshlash uchun anchadan beri reaktordan foydalanmoqda", deb aytdi AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper.

Bundan tashqari, Klepper Pxenyan qit'alararo ballistik raketani yaratishga urinayotganini ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, plutoniy reaktori Shimoliy Koreya yadroviy dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan plutoniy olishning asosiy manbai hisoblanadi. U 2007 yilda Pxenyanning yadroviy dasturi bo‘yicha Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Yaponiya ishtirokidagi olti tomonlama muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida to‘xtatib qo‘yilgandi. Biroq BMT 2013 yilda Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritgandan keyin, Shimoliy Koreya reaktorni yana ishga tushirish bilan tahdid qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: