GM Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi marta siqilgan gazda ishlaydigan avtomobillarni zavodda ishlab chiqara boshladi, buni esa, ekspertlarning fikricha, benzin bilan bog‘liq muammolar tufayli ijobiy qadam deb baholash mumkin.
“Za rulyom” nashri bosh muharriri o‘rinbosari Igor Morjaretto Sputnik agentligi bilan suhbatda bu yo‘nalish istiqbolli ekanligini, negaki gazdan foydalanish ancha tejamkor va xavfsiz ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda oxirgi yillarda siqilgan gazda ishlaydigan mashinalar ishlab chiqarish urfga kirmoqda.
“Trend barcha davlatlarda rivojlanmoqda, shu jumladan, men uchun kutilmagan bir tarzda, AQShda ham. U yerda butun kommunal va jamoat transporti gazga o‘tkazilmoqda. Bu juda foydali, ancha arzon, benzin yoki dizel singari yoqilg‘ida yuradigan transportga nisbatan. Bundan tashqari, ekologiya uchun zarar ham kamayadi. Yo‘nalish G‘arbiy Yevropa davlatlarida kuchli rivojlanmoqda, ayniqsa Skandinaviyada. Bu jiddiy mavzu, bu bilan dunyoning barcha davlatlari, shu jumladan Rossiya ham shug‘ullanmoqda”, - dedi ekspert.
Morjarettoning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda benzin taqchilligi yaqqol sezilib turgani bois gazga o‘tish ijobiy qadamdir. Gibrid dvigatellarga ega avtomobillarning ishlab chiqarilishi xavfsizlik masalasini hal qiladi. ayni paytda haydovchilarning ko‘p qismi ixtiyoriy ravishda gazga o‘tmoqda, lekin bu haydovchilarga ham, atrofdagilarga ham xavf tug‘dirishi mumkin.
Nima bo‘lganda ham, mutaxassisning fikricha, yaqin yillar ichida O‘zbekiston to‘laligicha gazga o‘tadi.
Manba: Sputnik