Bosniyalik 7 ta mamlakatni piyoda bosib o‘tib, haj ibodatini ado etdi

Jamiyat 19:02 / 11.02.2016 10662

Bosniyalik Senad Xadjich islom dinining besh ustunlaridan biri bo‘lgan haj amalini ado etish uchun piyoda yo‘lga chiqdi va qariyb bir yil deganda niyatiga yetdi. Senad bu safar uning hayotida eng unutilmas kunlar bo‘lganini ta'kidladi.

Senad mashaqqatli safar davomida 5340 km masofa bosib o‘tgan. 20 kilogrammlik ryukzagi bilan yettita mamlakat(Bosniya, Serbiya, Bolgariya, Turkiya, Suriya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni)ni poyu piyoda “zabt etgan”.

Hadjichning ayni damda urush o‘chog‘iga aylangan Suriya hududidan ham o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Uning aytishicha, bir necha bor Suriyadagi urushayotgan tomonlarning nazorat-tekshiruv postlaridan eson-omon o‘tishga erishgan.

"Hukumatga qarashli nazorat-tekshiruv postidan o‘tayotganimda, askar mening ryukzagimni tekshira boshladi va uning ichida muqaddas Qur'on kitobini ko‘rib, qayerga yo‘l olganimni tushundi va darhol qo‘yib yubordi”, - deb xotirlaydi sayyoh.

"Men Alloh roziligi uchun, islom, Bosniya va Gertsegovina, ota-onam ham opam uchun piyoda yurdim", - deya izoh qoldirgan Senad Hadjich Facebook`dagi sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: