Arabistonlik falaj bemor Twitter`ga uni ko‘rishga hech kim kelmayotganini yozgan ham ediki...

Jahon 15:12 / 11.02.2016 20892

Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi Ibrohim yo‘l transporti hodisasi tufayli shifoxonaga tushib qoldi.

Negadir uni ko‘rishga oilasidan hech kim kelmaydi. Shunda bir oz o‘kingan bemor Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali murojaat ko‘rinishidagi fikrlarni yozishga qaror qildi: "Alloh bemorni yo‘qlaganni mukofotlaydi. Keling va o‘z tashrifingiz bilan menga yordam qiling".

Ibrohim xabarga ko‘p ham umid bildirmadi. Biroq kimdir bu murojaatni o‘qib, #VisitIbrahim so‘zini heshteg belgisi bilan ommalashtirishga bel bog‘ladi. Qisqa fursatda bu so‘zni 200 000 kishi retvit qiladi. Aytish kerakki, bu Saudiya Arabistonidagi eng “yuqumli” heshtegga aylandi.

Ertasiga ertalab esa Ibrohimning yuzlab vatandoshlari uni ko‘rish uchun shifoxonaga kelishdi. Bemorning palatasi gullar va sovg‘alarga to‘lib ketdi.

Hatto Germaniyada jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga yetadigan $130 000 mablag‘ ham yig‘ishdi.

Ko‘proq yangiliklar: