AQSh sudi AQShning sobiq prezidenti marhum Jon Kennedining ukasi Robert Kennedini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Sirxon Sirxonga 15-marta muddatdan avval ozod qilinishni rad etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Shartli-muddatdan avval ozod qilish komissiyasi Sirxon o‘z qilmishidan pushaymonligini yetarlicha darajada ko‘rsata olmagan va o‘z jinoyatining og‘irligini anglab yetmagan, degan qarorga keldi.
Sirxonning aytishicha, u 1968 yilda Ambassador mehmonasida Kennedi va yana 5 kishini qanday qilib otganini xotirasidagi o‘pirilish sababli eslay olmaydi va shu sababli bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgarlikka ega bo‘la olmaydi.
Komissiya avvalgi marta Sirxonga muddatdan avval ozod qilinishni 2011 yilda rad etgandi.
Robert Kennedi 1968 yil 5 iyunda Ambassador mehmonxonasi bufetida Kaliforniya shtatidagi dastlabki saylovlarda g‘olib bo‘lgani yuzasidan nutq so‘zlaganidan keyin Sirxon tomonidan o‘qqa tutilgan va olingan jarohatlardan 1968 yil 6 iyunda vafot etgan.