AQSh harbiy rahbariyati KXDR tomonidan sun'iy yo‘ldosh tashuvchi raketa uchirilishi tufayli Janubiy Koreyaga “Virjiniya” tipli SSN-777 “Shimoliy Karolina” submarinasini yo‘llashi mumkin, deb xabar beradi Ryonxap agentligi.
“Bilishimcha, AQSh harbiy dengiz kuchlarining “Shimoliy Karolina” atom submarinasi Janubiy Koreyaga keladi”, - deydi agentlikning diplomatik doiralardagi manbasi.