O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, muassasa shaklidagi “E'ZOZ VA MeHR” nodavlat notijorat tashkiloti 2016 yil 8 fevralda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Uning asosiy maqsadi “O'zagrosanoatmashxolding” aksiyadorlik xolding kompaniyasi xodimlari va kompaniya tizimiga kiruvchi korxonalarning xodimlari, ularning oila a'zolari, soha tizimidagi mehnat faxriylarini va boshqalarni ijtimoiy dam olishi, shuningdek ularni sog‘lomlashtirish va sog‘liqni saqlash muassasalarida dam olishini tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishdan iboratdir.