28 yoshli mutaxassis «Hoffenhaym» bosh murabbiyiga aylandi

Sport 19:39 / 11.02.2016 3524

Bundesliga vakili «Hoffenhaym» jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa yoshlari bilan ishlab kelayotgan 28 yoshli mutaxassis Yulian Nagelsmann bundan buyon asosiy jamoani boshqaradi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berilgan.

Yulian Nagelsmann bilan 2019 yilning iyunigacha bitim imzolangan. Avvaliga uning mavsum yakunida tayinlanishi rejalashtirilgandi. Ammo mavsum davomida iste'foga chiqarilgan Markus Gizdolning o‘rniga olib kelingan Xub Stivens ham sog‘lig‘i tufayli ishni davom ettira olmasligini bildirgach, Nagelsmanni rejadagidan oldinroq jamoa bosh murabbiyiga aylantirishga qaror qilingan.

Shu tariqa, bu mutaxassis bundesliga tarixiga eng yosh bosh murabbiy sifatida kiradigan bo‘ldi. Bungacha, Germaniya chempionatidagi eng yosh bosh murabbiy sifatida Mattias Zammerning nomi tilga olinardi. U 32 yoshida Dortmundning «Borussiya» jamoasi boshqaruviga kelib, 34 yoshida chempionlikka erishgandi.

Ma'lumot uchun, Nagelsman 2010 yilda, 23 yoshida jamoada ish boshlagandi.

Ayni vaqtda «Hoffenhaym» 20 turdan keyin 14 ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida, 17 o‘rinni egallab turibdi.

"Hoffenhaym" jamoasini keyingi mavsumdan boshlab 28 yoshli murabbiy boshqaradi

Ko‘proq yangiliklar: