“Zimbabve go‘zali” tanlovi ishtirokchilari Bibliya ustida qasam ichadilar

Jahon 18:26 / 11.02.2016 4658

“Zimbabve go‘zali” tanlovi ishtirokchilari Bibliya ustida qasam ichadilar, deb xabar bermoqda Newsweek nashri. Shu yo‘l bilan tashkilotchilar behayo fotosuratlar bilan bog‘liq janjallar takrorlanishining oldini olishga umid qilmoqda. Oxirgi bir necha yil davomida g‘olibalardan ikki nafari yalang‘och suratga tushganlari bilan bog‘liq ravishda ko‘tarilgan janjal oqibatida unvondan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Endi ishtirokchilar muqaddas kitob ustida qasam ichib, shu yo‘l bilan na professional, va havaskor fotosessiyalarda hech qachon yalang‘och suratga tushmaganlarini isbotlab berishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilarining o‘tmishi sinchiklab tekshiriladi. Agar ular o‘zlarini “nohalol” tutgani aniqlansa, ularning ustidan sudga berish mumkin bo‘ladi, deb bayonot berdi Miss Zimbabwe Trust matbuot kotibi Tendau Chirau.
2016 yilgi g‘oliba 16 aprel kuni ma'lum bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: