Yana bir futbolchi Angliyadan Xitoyga yo‘l olmoqda

Sport 20:34 / 10.02.2016 5481

Angliyaning «Chelsi» jamoasi o‘zining fransiyalik hujumchisi Loik Remini xitoyliklarga sotishga rozi bo‘ldi.

Le10Sport portalining ma'lum qilishicha, londonliklar uni Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasiga 20 mln yevro evaziga transfer qiladi.

Remi Xitoyda yiliga 9 mln yevro maosh olmoqchiligini bildirgandi. Xitoyliklar esa unga yiliga 7 mln maosh va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan.

Qayd etilishicha, jamoalar o‘zaro kelishuvga erishgan, endilikda futbolchining qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: