Xavi OChLga o‘tish o‘yinidan keyingi penaltilar seriyasida xato qilib, jamoasi mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi

Sport 09:13 / 10.02.2016 6022

9 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasiga o‘tish o‘yinida Qatarning "Al-Sadd" jamoasi BAAning "Al-Jazira" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugagach, (pley-offning bu bosqichi bir o‘yindan iborat - tahririyat) penaltilar seriyasi boshlandi.

BAA jamoasi futbolchisi birinchi bo‘lib 11 metrlik nuqtadan zarbani aniq amalga oshirdi. Undan keyin nuqtaga yaqinlashgan Xavi esa to‘pni to‘sin yuqorisidan o‘tkazib tepdi. Yakunda bu xato qatarliklar jamoasi uchun qimmatga tushdi va jamoa 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, OChLga chiqa olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: