Coca-Cola kompaniyasi xatoga yo‘l qo‘yib, futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionati musobaqa jadvalida Ukraina bayrog‘ini noto‘g‘ri ko‘rinishda chop etdi. Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyaning Fransiyadagi vakolatxonasi Ukraina bayrog‘ini teskari o‘girilgan shaklda tasvirladi, deb xabar bermoqda kompaniya sayti.
Bundan tashqari, Angliya bayrog‘i Buyuk Britaniya bayrog‘i ko‘rinishida, Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi yana bir davlat – Uels esa o‘z bayrog‘i bilan tasvirlangan.
Yevropa chempionati Fransiyada 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Angliya terma jamoasi Rossiya, Uels va Slovakiya bilan, Ukraina esa Germaniya, Polsha va Shimoliy Irlandiya bilan bir guruhda bellashadi.