Oq uy AQSh va Xitoy Koreya yarimorolida yadroviy qurolsizlantirish lozimligi va Shimoliy Koreya bilan ixtilofning zo‘rayishidan qochish kerakligiga rozi bo‘lmoqdalar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyat 15-16 fevral kunlari Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) sammitida muhokama qilinadi.
Avvalroq Janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya tomonidan 7 fevralda uchirilgan raketaning ehtimoliy bo‘laklarini topganlari ma'lum qilingandi.