Senator Makkeyn Barak Obama taklif qilgan AQSh mudofaa byudjyetini tanqid qildi

Jahon 09:03 / 10.02.2016 3534

Respublikachi senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan taklif qilingan byudjyetning mudofaa qismini tanqid ostiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Qo‘mita prezidentning mudofaa byudjyeti taklifini batafsil ko‘rib chiqsa ham, bu taklif biz duch kelgan milliy xavfsizlikka tahdidlar va ham erkak, ham ayol harbiylarimiz zimmasiga tushuvchi oshib borayotgan talablarga mos kelmasligi hozirdanoq ravshan", deyilmoqda Makkeyn bayonotida.

Makkeynning aytishicha, partiyalar kelishuviga ko‘ra xarajatlarga belgilangan limitlarni qo‘llab-quvvatlagan holda Obama mudofaaga avval rejalashtirilgandan 17 mlrd dollar kamroq sarflashni taklif qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: