Roy Jons boksdagi faoliyatini yakunladi va e'tiborini musiqa sohasiga qaratadi

Sport 19:02 / 10.02.2016 2736

Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan, asli amerikalik bokschi Roy Jons sportdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Jons faxriy prezidenti bo‘lgan «Patriot» promouterlik kompaniyasi sport direktori Dmitriy Luchnikov «R-Sport» nashriga ma'lum qildi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Roy endilikda asosiy e'tiborini musiqaga qaratadi.

«Janglar bo‘lmaydi, biz uning mushtlashishini aniq xohlamaymiz. Shu bilan Royning karerasini yakunlagani aytsak ham bo‘ladi.

Hozirda Jonsning iltimosiga ko‘ra, Rossiyada uning musiqiy faoliyatini tashkillashtirish harakatidamiz. Shuningdek, professional boks bo‘yicha Roy Jons kubogi turnirlarini rejalashtirganmiz. Biz uning advokati bilan ishlayapmiz, hamkorlikdagi tadbirlar uchun shartnoma tayyorlashni boshladik», — deya ta'kidlagan Luchnikov.

Eslatib o‘tamiz, Roy Jons 2015 yilning sentabr oyida Rossiya fuqaroligini olgandi.

12 dekabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan oxirgi jangida esa britaniyalik Entso Makkarinelliga to‘rtinchi raundda texnik nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: