Rossiyada o‘zbekistonliklar soni bir oyda 1 foizga kamaydi

Jahon 22:45 / 10.02.2016 8937

2016 yilning yanvarida Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari soni kamayishda davom etdi va bir oy ichida 1 foizga kamaydi. Bundan Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlari darak bermoqda.

Fevral boshida berilgan yangi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiyada 1,78 mln o‘zbekistonlik bor. Ayni vaqtda Rossiyada patent bo‘yicha 1,5 mln xorijlik mehnat qilmoqda.

Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti professori Sergey Abashin Federal migratsiya xizmatining ma'lumotlariga o‘zining Facebook’dagi sahifasida izoh berdi.

"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydigan O‘zbekiston va Tojikistonning Rossiyadagi fuqarolari soni barqaror tarzda, biroq sekin kamayib bormoqda. Bu kamayishning sur'atlari oktabr-dekabr oylarida mavsumiy omil sababli o‘sdi, hozirda sur'atlar pasaydi, biroq kamayish tendensiyasi saqlanib qoldi", deb yozmoqda ekspert.

Ko‘proq yangiliklar: