Rossiya AQSh va Koreya Respublikasi o‘rtasida mamlakat hududida Pentagonning THAAD raketalarga qarshi mudofaa komplekslari joylashtirish borasida muzokaralarni boshlab yuborgani haqidagi xabarlardan tashvishda. Bu haqdagi bayonot RF TIVning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Idora rasmiylarining fikricha, bu qurollanish poygasini keltirib chiqarishi mumkin.
“Mintaqada AQSh global RQM unsurlarining paydo bo‘lishi Shimoli-Sharqiy Osiyoda qurollanish poygasini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa Koreya yarim orolidagi yadroviy muammoni yanada chigallashtiradi”, - deyiladi bayonotda.