Qirg‘izistonda tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tishi narxi 42 barobarga kamaytirildi

Iqtisodiyot 21:22 / 10.02.2016 2964

Qirg‘izistonda tadbirkorning davlat ro‘yxatdan o‘tishi narxi 42 barobarga kamaytirildi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat soliq xizmati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda tadbirkorlarning soliq xizmatidan ro‘yxatdan o‘tish va hisobot topshirish tizimi sekin-asta o‘zgartirilmoqda. 2015 yilda Bishkekning Oktyabr tumanida va Chuy viloyatining So‘quluq tumanida ijtimoiy fond vazifalarining soliq inspeksiyasiga topshirish pilot loyihasi boshlandi. Endi tadbirkorlar soliq va sug‘urta to‘lovlarini bir joyda to‘lashlari mumkin. 2016 yil 1 yanvarda Milliy statistika qo‘mitasining jismoniy shaxslarni yuridik shaxslar tashkil qilmasdan xususiy tadbirkor va dehqonchilik (fermer) xo‘jaliklari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish vazifalari soliq xizmatiga topshirildi. Bir oy ichida soliq idoralarida 1,7 mingdan ko‘proq tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu dasturning asosiy afzalligi shundaki, xususiy tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish bepuldir. Tadbirkor faqatgina davlat ro‘yxatidan o‘tgani haqidagi guvohnoma blankasi uchun 5,95 so‘m to‘laydi. Avval statistika idoralari ushbu xizmat uchun mamlakatning hududiga qarab 145 so‘mdan 330 so‘mgacha haq olishgan. Misol uchun, Bishkekda bu xizmat uchun 300 so‘m, Botkenda 198 so‘m, Talasda 147 so‘m olingan.

Ko‘proq yangiliklar: