Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskovning so‘zlariga qaraganda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilda an'anaviy “to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya”ni o‘tkazadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Putin har yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda fuqarolar bilan suhbat o‘tkazadi va savollarga javob beradi.
Peskovning ta'kidlashicha, dasturga yangi boshlovchilar tayinlanadi, ayrim boshqa o‘zgarishlar bo‘ladi, ammo mohiyat o‘zgarmaydi.
Shu bilan birga, bu safar ICQ messenjeri orqali savollar qabul qilinmasligi xabar berildi.