Rasmiy prognozga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekiston milliy avtomagistralining 151 km avtomobil yo‘li 10 tonnalik yuklamani ko‘tara oladigan holatdan 13 tonnalik yuklamani ko‘tara oladigan holatga o‘tkaziladi. Buning uchun 275,5 mlrd so‘m sarflanadi.
Sifatli yo‘llar yo‘llarga tushadigan yuklama me'yorlarini oshirishga imkon beradi, deb ta'kidlamoqdalar "O‘zavtoyo‘l" kompaniyasi mutaxassislari.
Umumiy qiymati 10 mlrd dollarni tashkil qiladigan 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi doirasida avtomobil yo‘llarini qurish ulushiga investitsiyalarning uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi.
Ivestitsiyalarning asosiy qismi O‘zbekiston milliy magistrali tarkibiga kiruvchi 4 polosali yo‘llarni zamonaviy sement-beton va asfalt-beton qoplama bilan ta'minlagan holda qurish va rekonstruksiyalashga yo‘naltiriladi.
Xususan, 2020 yilgacha Baynau–Qo‘ng‘irot–Buxoro–Navoiy, Samarqand–Toshkent–Andijon avtomobil yo‘lining 1586 kmi yangilanadi.
O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonda 382,4 km avtomobil yo‘li qurilgan va rekonstruksiya qilingan.