“Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ 2015 yil yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatidagi Xondiza polimetall rudalari koni hududidagi tog‘-boyitish kompleksini loyihaviy quvvatga ko‘tardi. Bu haqda OTMKning matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Jamoamiz qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqdi, belgilangan muddatda tegishli loyihaviy quvvatga yeta oldi, - dedi Xondizaning rudo boshqaruvi bo‘yicha direktori Sayfilloxon Lutfiyev. – Biz yiliga 650 ming tonna ruda qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, konsentratlar chiqarish va yetkazib berishga erishdik”.
Kombinat ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yili kompleks 650.8 ming tonna ruda qazib olgan bo‘lib, bu 2014 yilga nisbatan 23 foizga ko‘proqdir.