OAV: Otabek Mutalxo‘jayev 14 fevral kuni uylanadi

Jamiyat 10:59 / 10.02.2016 13094

O‘zbekistondagi shou-biznes hayotini yoritishga ixtisoslashgan bir qator nashrlarda “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘lmish xonanda Otabek Mutalxo‘jayev bo‘ydoqlar safini tark etayotgani haqida xabar berildi. Xabarlarda aytilishicha, uning nikoh to‘yi marosimi 14 fevral Toshkent shahridagi "Versal" restoranida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz sayti xonandaning prodyuseri Feruza Nodirova bilan bog‘langanida esa u bu haqdagi savolga javob berishdan qat'iyan bosh tortgan.

"Men bu savolga javob bermayman. Buni kecha ham, undan oldin ham aytgandim", deya qo‘pol ohangda gapirib, telefon go‘shagini qo‘ydi u.

Bundan oldinroq nashrlardan biriga bergan intervyusida u "o‘zining tasavvuridagi ideal ayol o‘z uyini saranjom-sarishta tutadigan, bir kasbning egasi, ichki va tashqi dunyosi chiroyliligiga etibor beradigan, pazandaligi, uyatchan, kamgapligi bilan ajralib turishi, qisqasi go‘zal va ro‘zg‘orbop bo‘lishi kerakligi" haqida aytgandi.

Ma'lumot uchun, 1984 yilning 18 iyulida Toshkent shahrida tug‘ilgan Otabek Mutalxo‘jayev 2004 yildan buyon o‘zbek estradasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U 2005 yilda Toshkent Davlat texnika universitetini tamomlagan.

Ko‘proq yangiliklar: