AQShning Xyuston shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Gran-pri turnirida O‘zbekiston vakili Oksana Chusovitina ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
U tayanib sakrash bahslarida oltin, ko‘pkurash musobaqasida esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Endi u mart oyida Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi bosqichida ishtirok etadi.