Obama Kongressga 4 trln dollarlik byudjyet planini taqdim etdi

Jahon 18:04 / 10.02.2016 2923

AQSh prezidenti Barak Obama 2017 byudjyet yili uchun federal xarajatlar rejasini 4.1 trln dollar qilib belgiladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi. Yangi byudjyet yili oktabrda boshlanadi.

Asosan respublikachilardan iborat bo‘lgan parlament demokrat prezidentning tashabbuslaridan ko‘pi qabul qilinmasligiga ishora bermoqda.

Jumladan, Obama byudjyet kamomadini 503 mlrd dollarga ko‘tarishni taklif qildi, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 439 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Prezident, shuningdek, IShIDga qarshi kurash xarajatlarini 50 foizga oshirib, GPS mo‘ljalga ega 45 ming aqlli bomba xarid qilishni taklif qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: