Obama: Kiberhujumlar AQSh uchun jiddiy xavf tug‘diradi

Jamiyat 18:23 / 10.02.2016 2676

Turli davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan xakerlar harakati – Kiberhujumlar AQSh uchun jiddiy xavf tug‘diradigan jihatlar biri. Bu haqda Barak Obama The Wall Street Journal nashridagi maqolasida ta'kidlab o‘tgan.

Oq uy rahbarining ishonch bilan ta'kidlashicha, «AQSh kompyuter dunyosida yetakchilik qilib kelmoqda va bu ularga global iqtisodiy jarayonlarda ko‘mak berib kelyapti».

«Shu bilan birga, bizning bu boradagi ustunligimizga boshqa davlatlar tomonidan xavf solinishi mumkin. Jinoyatchilar va umuman bizning tarmoqlarimizga xavf solishi mumkin bo‘lgan shaxslar Amerika kompaniyalarining savdo sirlarinini bilib olishga va odamlarning shaxsiy hayoti qonunlarini buzishga urinishlari mumkin», - deya qo‘shimcha qiladi AQSh rahbari.

Uning ta'kidlashicha, kiberhujumchilar «asosan tarmoqdagi eng asosiy infratuzilmalar, jumladan elektr tarmog‘i va moliyaviy tizimlarni buzib kirishga ko‘proq e'tibor qaratishadi.

«So‘nggi yillarda 100 mln nafardan ortiqroq amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlari, jumladan kredit kartochkalari, tibbiy xulosalari bo‘yicha ma'lumotlariga hujumlar kuzatilgan. 10 amerikalikdan 9 nafari o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini yo‘qotishi mumkin deb hisoblaydi. Bunday kiberhujumlar AQShning milliy va iqtisodiy xavfsizligiga ulkan xavf soladi», - deya qayd etib o‘tgan Obama.

Ko‘proq yangiliklar: