OAV: Germaniyada poyezdlarning to‘qnashishiga dispetcher xatosi sabab bo‘lgan

Jahon 11:09 / 10.02.2016 4052

Germaniyaning Bavariya federal yerida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida bir nechta vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketgan. To‘qnashuv oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani, 150 ga yaqin kishi jarohat olgani haqida ma'lumotlar olingan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga inson omili sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda RedaktionsNetzwerk Deutschland axborot tarmog‘i.

OAVda ma'lum qilinishicha, dispetcherlardan biri kech qolayotgan poyezdni o‘tkazib yuborish uchun avtomatik signal tizimini o‘chirib qo‘ygan. Kech qolayotgan tarkib yo‘llarning tarmoqlanishida boshqa yo‘lga o‘z vaqtida o‘tishi va ro‘paradan kelayotgan poyezd bilan to‘qnashuvdan qochishi kerak bo‘lgan. Biroq poyezd bunga ulgura olmagan, boshqa poyezdga esa yashil chiroq, ya'ni yurishga ruxsat berilgan. Birinchi poyezd dispetcher ko‘rsatmasiga amal qilib, qizil chiroq yonayotganiga qaramasdan yurishda davom etgan.

Ta'kidlanishicha, bu versiyaning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: