Netanyaxu Isroilni devor bilan o‘rab olishga va'da berdi

Jahon 17:58 / 10.02.2016 4236

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu terrorchilik, jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaga qarshi, kerak bo‘lsa, mamlakatning butun quruqlik chegaralarini devor bilan o‘rab olishga tayyorligini ta'kidladi.

Iordaniyada allaqachon bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Shu tariqa, Isroil faqat Iordaniya bilan chegarani yopishiga to‘g‘ri keladi, xolos.

“Oxir-oqibat, Isroil, ko‘rishimcha, har tomondan devor bilan o‘ralgan”, - dedi u.

“Isroilni devor bilan o‘rab olishga tayyormizmi? Shubha bo‘lishi mumkin emas”, - qo‘shimcha qildi hukumat rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: