Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 10 fevral kuni o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida erkin pensiya mablag‘larini investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritishga topshiriq berdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2016 yilda 1 trln 450 mlrd tanga miqdoridagi erkin pensiya yig‘imlarini bir nechta yo‘nalishlarga investitsiya qilib kiritishni topshiraman”, - dedi Nazarboyev.
Bundan tashqari, “Nurli jo‘l” dasturi doirasida infrastruktur loyihalar realizatsiyasini tezlashtirish maqsadlarida 2016 yilda 76 mlrd tanga ajratishga topshiriq berdi.