Portugaliyalik Joze Mourinoning «Manchester Yunayted» bilan tuzilish kutilayotgan shartnomasi shartlari ma'lum bo‘ldi.
El Confidencial nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, muzokaralar tez orada yakuniga yetadi. Mourinoning agenti Jorjye Mendesh boshchiligidagi yuristlar guruhi mazkur masala bo‘yicha so‘nggi ishlarni amalga oshirmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, Mourino 2019 yilga qadar «MYu»da ishlaydi va yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Daily Mail: Mourino do‘stlariga o‘zining «MYu»ga o‘tish masalasi hal qilib bo‘lingani haqida aytdi