Ingliz muxlislar tomonidan metroda irqchilikka uchragan parijlik PSJ va "Chelsi" o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga boradi

Sport 11:23 / 10.02.2016 3977

2015 yilda Parij metrosida yuz bergan irqchilik harakati qurboni, "Chelsi"ning YeChL doirasidagi PSJga qarshi safar o‘yini tufayli Parijga borgan londonlik muxlislar tomonida metro vagoniga kiritilmagan kelib chiqishi malilik bo‘lgan Sulaymon Silla bu voqeadan 1 yil o‘tib, ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyuradi.

Sillaga o‘sha voqeaning ruhiy asoratlaridan xalos bo‘lish uchun 6 oy muddat kerak bo‘lgan. U o‘sha voqeadan rosa 1 yil o‘tibgina Parijdagi metrga tushgan.

Sillaning advokatining ma'lum qilishicha, PSJ rahbariyati uning mijozini ushbu o‘yinga taklif qilgani, u va Silla bu o‘yinga birgalikda tushishini ma'lum qilgan.

"U o‘yinga boradi. Chunki, bunday voqealarga qaramasdan hayot davom etaveradi", deydi u Daily Star nashriga.

O‘z navbatida "Chelsi" rahbariyati ham Sillani "nafaqaxo‘rlar"ning istalgan o‘yinini tribunadan turib tomosha qilishi mumkinligini bildirgan. Sillaning o‘zi esa Londonga borishga oshiqmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: