Fransiyaning iste'foga chiqayotgan tashqi ishlar vaziri AQShning Suriyadagi siyosatni tanqid ostiga oldi

Jahon 17:55 / 10.02.2016 4251

Fransiyaning yaqinda lavozimini tark etishi va Konstitutsion sudga ishga o‘tishi ma'lum bo‘lgan tashqi ishlar vaziri Loran Fabius AQShning Suriya bo‘yicha siyosatini tanqid ostiga oldi.

“Koalitsiya ishtirokchilarining harakatlarida noaniqlik kuzatmoqdaman, - uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. – So‘zlar ham bor, ammo harakat – boshqa narsa”.

Fabiusning fikricha, Vashingtonning harakatlari ko‘p jihatdan yaqinlashayotgan prezidentlik saylovlariga bog‘liqdir.

“Barak Obama mandatining tugashi uni davlat kotibi aytganichalik qat'iy harakat qilishga undayotganiga ishonchim komil emas”, - ta'kidladi amaldor.

Ko‘proq yangiliklar: