Fransiya milliy yig‘ini terrorchilik uchun sudlanganlarni fuqarolikdan mahrum qilishni qo‘llab-quvvatladi

Jahon 10:32 / 10.02.2016 2116

Fransiya milliy yig‘ini qonunchilikka terrorchilik faoliyati uchun sudlangan fuqarolarni Fransiya fuqaroligidan mahrum qilish borasida o‘zgartirishlar kiritish taklifini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, qonun loyihasini 162 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 148 nafari qarshi chiqqan.

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals ovoz berish natijalarini ijobiy baholadi. Uning aytishicha, yana bitta ovoz berish o‘tkaziladi.

"O‘ylaymanki, qonun loyihasi kengroq ma'qullanadi va konstutitsion islohot oldingi siljiydi", deb aytdi Vals.

Parlament quyi palatasining qarorini tasdiqlash uchun qayta ovoz berish 10 fevralda o‘tkazilishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: