"Inter" va "Chelsi" jamoasining sobiq hujumchisi hisoblanmish argentinalik futbolchi Ernan Krespo Gari Nevillning "Valensiya" boshqaruvidagi omadsizliklariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
"Televizor orqali futbol ko‘rib, o‘yinlarga baho berib o‘tirish va murabbiy bo‘lish butunlay boshqa-boshqa ishlardir. Aytishim mumkinki, Nevillning "Valensiya" bilan omadsizlikka yuz tutganidan xursandman. Men uning futbol eksperti sifatida ishlaganida futbolchilar va murabbiylarni qanchalik ayovsiz tanqid qilganini yaxshi eslayman", deydi Krespo.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Valensiya" La liga turnir jadvalida 23 turdan keyin 25 ochko jamg‘argan holda 14 o‘rinda qolmoqda.
Nevill jamoa boshqaruviga kelgan kundan beri "Valensiya" uchta turnirda 16ta uchrashuv o‘tkazdi va 6ta mag‘lubiyat hamda 6ta durang qayd etdi. Uning oxirgi 9 o‘yinida bironta g‘alaba qayd etilmagan.