Erini o‘ldirib, uning jasadini bo‘laklab, chiqindixonalarga tashlab ketgan bishkeklik ayol sud oldida javob beradigan bo‘ldi. Bu haqda Bishkek shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati 24.kg axborot agentligiga ma'lum qildi.
2015 yilning 14 avgustida Bishkekning 5-mikrotumanida chiqindi idishida erkak kishiga tegishli tana a'zolari, ya'ni ikki qo‘l va ikki oyoq topilgan. Bir necha kundan keyin Fuchik ko‘chasidagi chiqindi konteynerida o‘ldirilgan erkakning paketga solingan boshi topilgan. Ushbu qotillikni amalga oshirganlikda gumon qilinib erkakning 25 yoshli rafiqasi Oyday Subanova hibsga olingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayolga qotillik, o‘lganlarning jasadi va qabrlarni tahqirlash moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Hozirda ayol hibsda ushlab turilibdi.