DM: Keyingi 2 yilda Yevropaga yana 3 mln muhojir o‘tadi

Jahon 20:26 / 10.02.2016 2080

Yevropa komissiyasi prognozlariga ko‘ra, keyingi 2 yil ichida bu qit'aga yana 3 mln muhojir keladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

MigrationWatch tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2015 yilda 1,8 mln noqonuniy muhojir Yevropa chegaralarini kesib o‘tgan. Ulardan 1,27 mln.ga yaqini boshpana so‘ragan. Migratsiya bo‘yicha o‘sish 95 foizni ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, Yevropaga kelayotganlarning aksari suriyalik qochqinlardir. Bu borada keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston va Iroq fuqarolari turadi. Bundan tashqari, harbiy harakatlar ta'sirisiz, iqtisodiy muammolar tufayli ish izlab, Yevropaga kelgan mehnat muhojirlari soni ham o‘tgan yilda ortgan.

2016 yilning 6 haftasida Yevropaga dengiz orqali kelgan muhojirlar soni o‘tgan yilning shu holatiga nisbatan 10 baravar ortgan.

Qayd etilishicha, Yevropaga bu odamlarning aksar qismi Turkiya orqali o‘tmoqda. O‘tgan yili bu yo‘l orqali harakatlanganlar soni 1 millionga yaqinni tashkil etgan.

Bundan oldinroq, BMT Turkiyani Halabdagi urush tufayli o‘z uylarini tark etgan minglab suriyaliklarni qutqarish uchun o‘z chegaralarini ochishga chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: